Home > My Page > Privacy Policy

My page

Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish rejasi

2013 yil 15 mart
Korea Employment Information Service

Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish rejasi

  • Koreya Mehnat Axborot xizmati tomonidan boshqarilayotgan “Chet ellik ishchilarni boshqarish sistemasi” (EPS)ning internet xizmatida ko’rib chiqiladigan barcha shaxsiy ma’lumotlar, tegishli qonunlar asosida yoki ma’lumot egasining roziligi bilan to’planib, saqlanib hamda bajarilib kelinmoqda.

Chet ellik ishchilarni boshqarish xizmati, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qonuniga ko’ra, ma’lumot egasining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qiladi, va shu bilan bog’liq shikoyatlarni tez hal qilish maqsadida quyidagi “Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish rejasini” ma’lum qiladi. Biroq chet ellik ishchilarni boshqarish xizmati sahifasidagi link yoki bannerni bosib boshqa sahifaga yoki veb-sahifaga o’tmoqchi bo’lsangiz, unda o’tilgan sahifa yoki veb-sahifadan “Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish rejasi” dan tekshirib ko’ring.

1-modda (shaxsiy ma’lumotlarni boshqarishdan maqsad)

  • Biz sizning ma’lumotlaringizni quyidagi maqsadlardan tashqari boshqa maqsadlarda ishlatmaymiz. Agar ishlatilish maqsadlari o’zgartirilsa bu haqida oldindan roziligingizni olib ishni bajaramiz.
    -Chet ellik ishchilarni boshqarish xizmatlari maqsadida (chet ellik ishchilarni tanlash, ish beruvchilarga ishchi kuchini yetqazish kabilar)
    -Chet ellik ishchlarni boshqarish xizmati orqali fuqarolik murojaatlarini (arizalarini)ko’rib chiqish maqsadida

2-modda (shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish, saqlash muddati, boshqariladigan ma’lumotlar ro’yxati)

  • Chet ellik ishchlarni boshqarish xizmati to’plagan shaxsiy ma’lumotlarni saqlashdan boshqa maqsadlar uchun ishlatmaydi. Ko’rib chiqiladigan shaxsiy ma’lumotlar ro’yxati quyidagicha:
  • ※Chet ellik ishchilarni boshqarish sistemasi (EPS)ning bosh sahifasi, xizmatlarni taqdim qilish uchun “Chet ellik ishchilarni ishga yo’llash qonuning farmoni 31 moddaning 2- (shaxsiy ma’lumotlarni ko’rib chiqish) bandiga asoslanib, sahifaga a’zo bo’lgandan keyin shaxsiy guvohnoma raqamini (chet ellik guvohnoma raqam) to’plab, ularni ko’rib chiqishi mumkin.

Boshqarilish maqsadi Boshqariladigan ma’lumotlar ro’yxati Saqlanish muddati
EPS sahifasiga a’zo bo’lish uchun Yuridik shaxslar/ shaxsiy a’zolar

(kerakli ma’lumotlar) 1. Ism-sharif 2. E-mail 3. A’zolikni
tanlash 4. Parol 5. Parolning savol va javobi

※ 14 yoshgacha bo'lgan bolalarning shaxsiy ma'lumotlari: Chet eillik ishchilarni boshqarish xizmati, 14 yoshgacha bo'lgan bolalarning shaxsiy ma'lumotlarini yig'maydi va ko’rib chiqmaydi.

Chet ellik ishchi a’zo bo’lishi

(kerakli ma’lumotlar) 1. Ism-sharif 2. E-mail 3. Parol
4. Parolning savol va javobi
2yil/ a’zolikdan chiqib ketguncha (har ikki yilda qayta rozilik olinadi).
Shaxsiy ma’lumotlar faylini boshqarish maqsadi Ism, telefon raqam, shaxsiy guvohnoma raqami, maslahat olganligi haqida yozib olingan fayl 5yil

3-modda (shaxsiy ma’lumotlarni avtomatik yig’ish qurilmasini o’rnatish va boshqarish hamda rad qilish haqida ma’lumotlar)


To’planadigan ma’lumotlar Ishlatish maqsadi
Bosh sahifaga kirganda talab etilgan veb-sahifaning manzili Statistik analizlar hamda foydalauvchi bilan veb-sayt orasida yaxshi muloqot bo’lishi uchun xizmat qiladi.
Foydalanuvchining IP manzili, brauzer so’rovining turi ha protokol versiyasi (kompyuterlar bir-biri bilan ma’lumot almashganda beriladigan va’da)
Sahifaga kirgan sana
Ko'k rang bilan belgilangan ma'lumotlar (internet veb-saytlariga kirganingizni qayd qilgan fayl) Bo’lim, veb-sahifalarni boshqarish uchun ishlatiladigan server, foydalanuvchining brauzeriga yuboradigan kichik hajmdagi ma’lumotlar orqali, foydalanuvchi veb-sahifalarga kirganida, bo’limning kompyuteri, foydalanuvchining kuki fayllarini o’qib, xizmat ko’rsatadi.
  • ※ Veb-brauzerning yuqori qismidagi tool > Internet optsion > Shaxsiy ma’lumotlar menyusining optsion sozlashga kirib, cookie-fayllarni saqlashni rad etishingiz mumkin, agar siz faylni saqlashni rad etsangiz, EPS veb-sayti orqali olinadigan ba'zi xizmatlar cheklanishi mumkin.

4-modda (shaxsiy ma’lumotlar faylining hozirgi ahvoli)


Chet ellik ishchilarni boshqarish xizmatlarini taqdim qilish uchun, tegishli bo’limdan Chet ellik ishchilarni boshqarish sistemasi internet sahifasi orqali ishlar boshqarilib kelinmoqda. Boshqariladigan shaxsiy ma’lumotlarning fayl nomlari quyidagicha:


Shaxsiy ma’lumotlarlarning fayl nomlari
Chet elliklarni bandlikka ruxsat berish Chet ellik ishchining ish qidirishi haqidagi ma’lumotlar
Chet ellik ishchining asosiy ma’lumotlari Chet ellik ishchilarning oddiy a’zolari haqidagi ma’lumotlar
Chet ellik ishchilari olgan ta’lim haqidagi fayl Maxsus chet ellik ishchilari ishga joylashishlari uchun oladigan ta’lim (H-2 vatandosh) haqidagi ma’lumotlar
Koreys tili imtihoniga topshirgan ariza haqidagi ma’lumot

※ Shaxsiy ma’lumotlar fayli haqida batafsil ma’lumotlarni ko’rish uchun, Mahalliy o’zini o’zi boshqarish vazirligining shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun umumiy qo’llab-quvvatlash portali (www.privacy.go.kr) →Shaxsiy ma’lumotlar bo’yicha murojaatlar→ Shaxsiy ma’lumotlarni ko’rish kabi talablar→Shaxsiy ma’lumotlar faylining ro’yxatini qidirish menyusidan ko’rishingizni so’raymiz.

5-modda (shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxsga yetqazish)

  • <Chet ellik ishchilarni boshqarish sistemasining internet xizmati>, qoida bo’yicha, foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini, 1-moddada ko’rsatilgan chegaralar doirasida ko’rib chiqadi va foydalanuvchining oldindan roziligisiz chegaradan tashqari ularni boshqarmaydi hamda uchinchi shaxsga yetqazmaydi. Biroq, keyingi holatlarda shaxsiy ma’lumotlarni boshqarishi mumkin.
  • -Ma’lumot egasidan alohida rozilik olganda (foydalanuvchi oldindan uchinchi shaxsga ma’lumotlarni yetqazish hamda ma’lum qilishga rozilik bergan bo’lsa)
  • -Agar boshqa qonunlarda maxsus qoidalar mavjud bo’lsa
  • -Ma’lumot egasi yoki uning qonuniy vakilidan darak bo’lmasa yoki turar joyi nomalum bo’lgani sababli oldindan uning roziligini olish mumkin bo’lmasa hamda ma’lumot egasi yoki uchinchi shaxsning hayoti, jismi, mol-mulkining foydasi uchun kerak deb hisoblansa
  • -Statistikaga kiritish hamda ilmiy tadqiqot kabi ishlarni amalga oshirish uchun kerak bo’lib, foydalanuvchining bergan ma’lumotlari orqali uning shaxsini aniqlash qiyin bo’lganda
  • -Shaxsiy ma’lumotlarni ko’zlagan maqsaddan tashqari boshqa maqsadda ishlatsa yoki ularni uchinchi shaxsga yetqazmasa va shu sababli boshqa qonunda belgilangan ishlarni bajarishni iloji bo'lmasa hamda shuning uchun himoya qilish qo’mitasi tomonidan muhokama qilinib ma’lumotlarni yetqazib berishga qaror chiqarilgan bo’lsa
  • -Bitim va undan tashqari xalqaro bitimlarni amalga oshirish uchun chet ellik ma’lumotlari yoki xalqaro tashkilotlariga yetqazish kerak bo’lsa
  • -Jinoyatni tergov qilish va da’vo qilish hamda saqlash uchun kerak bo’lsa
  • -Sud idorasida sud ishlarini amalga oshirishda kerak bo’lsa
  • -Qamoq jazosi berish, ahloq tuzatish, himoya qilishga hukm qilishga kerak bo’lsa
  • ※ Bizning kompaniyamiz shaxsiy ma’lumotlarni ishlatish hamda yetqazishda tegishli qonun va qoidalarga qat’iy amal qilib, ularni noqonuniy ishlatmaslikka harakat qiladi.
  • <Chet ellik ishchilarni boshqarish sistemasining internet xizmati>, shaxsiy ma’lumotlarni ishlatmoqchi va olmoqchi bo’lgan bo’limlarga, shaxsiy ma’lumotlarni ishlatish maqsadi, foydalanish usuli, saqlash muddati kabilarga cheklov qo’yadi yoki shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash uchun kerakli aniq choralarni tayyorlash maqsadida, bo’limlardan hujjat talab qilishi va ularning ma’lumotlarni ishlatish maqsadiga qarab ma’lumotlarni yetqazib beradi.
  • Shaxsiy ma'lumotlarni oladigan shaxs, shaxsiy ma'lumotdan foydalanish maqsadi hamda taqdim etilishi kerak bo'lgan ma’lumotlarning ro’yxati, qonuniy asoslar quyidagilardan iborat.
  • Yuklab olish

6-modda (shaxsiy ma’lumotlarni boshqarishni topshirish)

  • <Chet ellik ishchilarni boshqarish tizimining Internet xizmati>, xizmatlarni takomillashtirish uchun shaxsiy ma'lumotlarni tegishli qonun va qoidalarga asoslab, ularni xavfsiz boshqarilishi uchun kerakli me’yorlarni belgilab, ularni quyidagicha topshirmoqda.

Ishonchli boshqaruvchi Topshirish maqsadi Kontaklar
Gaist Korea Co., Ltd. Chet ellik ishchilarni boshqarish sistemasini Ishlab chiqish va saqlash hamda tuzatish 02-833-1650
SNP Soft Chet ellik bandlik statistikasini Ishlab chiqish va saqlash hamda tuzatish 02-3432-0992
Unis Co., Ltd. Mijozga maslahat berish, noqonuniy foydalanishni oldini olish, masofaviy qo’llab-quvvatlash xizmatlarni ko’rsatish 1566-9797

7-modda. (ma’lumot egasining huquq va majburiyatlari hamda ularni qo’llash usuli)

  • A. Ma’lumot egasi (agar 14yoshdan kichik bo’lsa unda qonuniy vakili) har qanday vaqtda quyidagi har bitta raqamdagi shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish huquqidan foydalanishi mumkin.
    • 1) Shaxsiy ma’lumotlarni ko’rishni talab qilish
    • 2) Xato bo’lganda uni tuzatishni talab qilish
    • 3) O’chirib tashlashni talab qilish
    • 4) Ma'lumotlar boshqaruvini to'xtatishni talab qilish
  • B. 1-bandga ko’ra, ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun “Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish to'g'risidagi” Nizomning 8-formadagi blankani to’ldirib imzolagandan keyin elektron pochta yoki faks orqali (FAX) jo’natishingiz mumkin. Sizning ishingizni kechiktirmasdan ko’rib chiqishga harakat qilamiz.
  • C. Agar, ma’lumot egasi, shaxsiy ma'lumolarda xato bo’lgani uchun uni tuzatishni yoki o'chirib tashlashni talab qilsa ularni to’g’irlab yoki o’chirib tashlamaguncha unga aloqador shaxsiy ma'lumotlardan foydalanmaydi yoki taqdim etmaydi.
  • D. 1-bandga ko’ra ma’lumot egasining qonuniy vakili yoki vakolatni olgan shaxs kabi vakillar orqali, huquqlarni amalga oshirish mumkin. Bunday holda Shaxsiy ma'lumotni himoya qilish to'g'risidagi qonunni qo'llash to'g'risidagi Nizomning 11-formadagi blankaga ko’ra ishonchnomani topshirishingiz kerak.
  • E. Shaxsiy ma'lumotlarni ko’rib chiqish hamda ishlatishni to'xtatib turishni talab qilish, “Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish to'g'risidagi qonunning” 35-modda 5-bandi, 37-modda 2-bandlariga asoslab ma’lumot (egasi) egasining huquqlari cheklanishi mumkin.
  • F. Boshqa qonunda shaxsiy ma'lumotlarni to’plash kerak deb aniq qilib ko’rsatilgan bo’lsa, shaxsiy ma’lumotlarni tuzatish hamda o’chirib tashlashni talab qilib bo’lmaydi.
  • G. M’alumot egasining (subyekti) huquqiga ko’ra, ma’lumotlarni ko’rish, tuzatish va o’chirib tashlash, boshqarishni to’xtatish kabi talablar bo’lganda, talab qilayotgan shaxs o’zingizmi yoki qonuniy vakilmi tekshirilib aniqlanadi.
    • * [Shaxsiy ma'lumotni himoya qilish to'g'risidagi qonun nizomining 8-ilovasi] Shaxsiy ma'lumotlarni (ko'rib chiqish, tuzatish, o'chirish, ishlatishni to'xtatib turish) uchun ariza
    • * [Shaxsiy ma'lumotni himoya qilish to'g'risidagi qonun nizomining 11-ilovasi] Ishonchnoma
  • H. Shaxsiy ma'lumotni ko'rish, tuzatish, o’chirish, ishlatishni to'xtatish haqidagi arizalarni qabul qilish hamda ko’rib chiqish bo’limi hamda mas’ul shaxslar quyidagilar.
    • - Bo'lim: Axborot xavfsizligi bo’limi
    • - Mas’ul shaxs: Yang Hee-Jeong bo’lim mudiri

8-modda (Shaxsiy ma'lumotlarni bekor qilish)

  • <Chet ellik ishchilarni boshqarish tizimining Internet xizmati>, qoida bo’yicha shaxsiy ma’lumotlarni ishlatib bo’lgandan keyin kechiktirmasdan ularni bekor qiladi. Biroq boshqa qonunlarga ko’ra ularni saqlab qolish zarur bo'lganda ma'lumotlar bekor qilinmaydi. Ma’lumotlarni bekor qilish tartibi, muddati hamda usullari quyidagilar.
  • A. Ma’lumotlarni bekor qilish tartibi: Foydalanuvchi kiritgan ma'lumotlarni ko’zlagan maqsadda ishlatib bo’lganidan so’ng ichki qoidalar hamda tegishli qonunlar asosida muayyan vaqt davomida ularni saqlaganidan keyin yoki darhol bekor qiladi.
  • B. Ma’lumotlarni bekor qilish muddati: Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarining saqlash muddati o'tib ketgan bo’lsa, ma’lumotlarni saqlash muddati tugagan kundan boshlab 5 kun mobaynida, shaxsiy ma'lumotni ko’zlagan maqsadda ishlatib bo’lgandan so’ng, ya’ni ma’lumotlar kerak emas deb hisoblagan kundan boshlab 5 kun ichida bekor qilinadi.
  • C. Bekor qilish usullari :
    • - Elektron fayl shaklida bo’lsa: Qayta tiklab bo’lmaydigan usul orqali umuman o’chirib tashlanadi.
    • - Elektron fayl shaklida bo’lmagan bosma, yozma yoki undan tashqari yozuv vositalar shaklida bo’lsa: Malumotlar maydalanadi yoki yoqib yuboriladi.

9-modda (Shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar)

  • <Chet ellik ishchilarni boshqarish tizimining Internet xizmati>, <<Shaxsiy ma'lumotni himoya qilish to'g'risidagi qonunning>> 29-moddasiga binoan, shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta'minlash uchun kerak bo'lgan texnik, boshqaruv va moddiy chora-tadbirlarni ta’minlaydi.
  • A. Ichki boshqaruv rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish: Shaxsiy ma’lumotlarni yo’qolib qolmasligi, o’g’irlanmasligi, tarqatilmasligi, soxtalashtirilmasligi uchun «Shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash choralarining me’yorlari » (Mahalliy o’zini o’zi boshqarish vazirligi e’loni 2016 - № 35) ga asoslab, ichki boshqaruv rejasi ishlab chiqilib, amalga oshirinib kelmoqda.
  • B. Kirish huquqini boshqarish: Shaxsiy ma'lumotni boshqarish sistemasiga kirish huquqi, ishlarni bajarish uchun kerak bo’lgan mas’ul shaxslarga, sistemaga kirish huquqi beriladi. Agar shaxsiy ma’lumotlar boshqaruvchisi o’zgarsa, unda tezda shaxsiy ma’lumotni boshqarish sistemasiga kirish huquqi o’zgartiriladi yoki o’chirib tashlanadi. Bundan tashqari xavsiz parolni o’rnatish uchun yozish qoidalari Ishlab chiqilgan bo’lib, agar shaxsiy ma’lumotlar yoki parol raqami belgilangan sondan ko’p marta noto’g’ri kiritilsa, shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish sistemasiga kirishni cheklash kabi texnikaviy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
  • C. Kirishni nazorat qilish: Axborot tarmog'i tomonidan noqonuniy kirish va buzishni oldini olish maqsadida, IP-ga kirishni ta’qiqlash, Internetdan foydalanishni ta’qiqlash, bir yilda bir martadan ko’p kamchiliklarni tekshirish kabi choralar orqali, shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish sistemasiga kirish nazorati olib borilmoqda.
  • D. Shaxsiy ma'lumotlarning shifrlanishi: Shaxsini aniqlovchi ma’lumotlar, parol raqami, bio ma’lumotlar, axborot aloqalari tarmog’i orqali uzatish yoki saqlash vositasi orqali jo’natilganda, xavfsiz algoritm orqali shifrlanib jo’natiladi.
  • E. Kirish yozuvlarini saqlash va tekshirish: Chet ellik ishchilarni boshqarish xizmati, shaxsiy ma’lumotlar boshqaruvchisi, shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish sistemasiga kirgan tarixlarni 6 oydan ortiq vaqt davomida saqlaydi va boshqaradi. Shu bilan birga, shaxsiy ma’lumotlarning yo’qolishi, o’g’rlanishi tarqatilishi, soxtalashtirilishi yoki zarar yetishiga qarshi sistemaga kirgan tarixlarni har yarim yilda bir martadan ziyod tekshirib kelmoqda.
  • F. Zararli dasturlarni oldini olish: Chet ellik ishchilarni boshqarish xizmati, zararli dasturlarni oldini olish va davolaydigan emlash dasturlari kabi xavfsizlik dasturlarini o'rnatib hamda boshqarib kelmoqda.
  • G. Boshqarish terminalining xavsizlik choralari: Chet ellik ishchilarni boshqarish xizmati, shaxsiy malumotlarni tarqalib ketishi kabi shaxsiy ma’lumotlarni buzilishlarni oldini olish uchun, ruxsatsiz boshqarish terminallardan foydalanishni blokirovkalash, ko’zlagan maqsaddan tashqari foydalanishni ta’qiqlash, emlash programmalarini o’rnatish kabi xavfsizlik choralarini qo’llab kelmoqda.
  • H. Amaliy xavfsizlik choralari: Chet ellik ishchilarni boshqarish xizmati, shaxsiy ma'lumotlarni boshqarish sistemasi, amaliy himoya qilish nazorati o’rnatilgan kompyuterlashtirilgan xonada boshqarilib, shaxsiy ma'lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlar va yordamchi saqlash vositalari kabi qulflash mexanizmi bo’lgan xavfsiz joyda saqlab kelmoqda.
  • I. Tabiiy ofatlarga qarshi xavfsizlik choralari: Chet ellik ishchilarni boshqarish xizmati, tabiiy ofatlar yuz berganda, shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish sistemasini nusxalab qo’yish hamda tiklash uchun “Tabiiy ofatlardan tiklash markazini” tashkil qilib, boshqarib kelmoqda. Yong’in, suv toshqini, chiroq o’chib qolishi kabi tabiiy ofatlar yuz berganda, shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish sistemasini himoyalash uchun xavfli holatlarga qarshi qo’llanma kabi choralar yaratilib, ular doimiy ravishda nazorat qilib kelmoqda.
  • J. Shaxsiy ma’lumotlarni bekor qilish: Chet ellik ishchilarni boshqarish sistemasi, shaxsiy ma’lumotlarni bekor qilish uchun keyingi usullarni yo’lga qo’yib kelmoqda.
    • 1) Umuman bekor qilish (maydalash va yondirib yuborish kabi)
    • 2) Maxsus uskunalardan foydalanib o’chirib tashlash
    • 3) Ma’lumotlarni qayta tiklash uchun initializatsiya qilish yoki ma’lumotlarni qoplash orqali, va shaxsiy ma’lumotlarni ma’lum qismini bekor qilmoqchi bo’lganda, 1-banddagi usul bilan bekor qilish qiyin bo’lsa, pastda keltirilgan yo’llar o’rqali choralar o’rqali bekor qilib kelmoqda.
      • (1) Elektron fayl shaklida bo’lgan ma’lumotlar: Shaxsiy ma’lumotlarni bekor qildandan so’ng, uni qayta tiklash va qayta ishlatilmasligi uchun boshqarish va nazorat qilish choralari
      • (2) Elektron fayl shaklida bo’lmagan bosma, yozma yoki undan tashqari yozuv vositalar shaklida bo’lsa: Kerakli joylarni maskalash yoki perforatsiya (teshib chiqish) qilish orqali o’chirib tashlash choralari mavjud.

10-modda (shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo’yicha javobgar shaxs)

  • <Chet ellik ishchilarni boshqarish tizimining Internet xizmati>, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va shikoyatlarni ko’rib chiqish uchun quyidagi mas’ul shaxslarni hamda rahbarlarni tayinlaydi. (Shaxsiy ma’lumtlarni himoyalash to’g’risidagi qonunning 31-modda, 1-bandiga muvofiq shaxsiy ma'lumotni himoyalash bo’yicha javobgar shaxs)

Klassifikatsiya Bo’lim nomi Ismi Kontaktlar e-mail
Shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo’yicha javobgar shaxs Axborotlashtirish bo’limi Im Jonghun-bo’lim boshlig’i 1577-7114 ijhun9719@keis.or.kr
Shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo’yicha javobgar shaxs Chet ellik ishchi kuchi bo’limi Lee Jongseon- guruh rahbari 1577-7114 sun777@keis.or.kr
Shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo’yicha umumiy rahbar Axborot xavfsizligi bo’limi Yang Huijeong-guruh rahbari 1577-7114 ehdnal@keis.or.kr
  • Biz har doim qonun va qoidalarga muvofiq to'plangan shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va boshqarish uchun ishlatilishi uchun nazorat qilamiz.

11-modda (Huquqbuzarliklar sodir bo’lganda yordam so’rash yo’llari)

  • Ma’lumot egasi, Shaxsiy ma'lumotlari buzilganda yordam so’rash uchun, “Shaxsiy ma’lumotlar bilan bog’liq nizolarni nazorat qilish bo’yicha komissiya”, Koreya internet-taraqqiyoti agentligining “Shaxsiy ma'lumotlarning buzilganligi haqida xabar berish markazi” dan yordam so’rash va maslahat olish uchun ariza berishi mumkin. Huquqbuzarliklar sodir bo’lganda quyidagi davlat bo’limlariga murojaat qilish yoki maslahat olishingiz mumkin.
  • -Shaxsiy ma’lumotlar bilan bog’liq nizolarni nazorat qilish bo’yicha komissiya: 1833-6972 (https://www.kopico.go.kr)
  • -Shaxsiy ma’lumotlarning buzilganligi haqida xabar berish markazi: (kodsiz) 118(http://privacy.kisa.or.kr)
  • -Oliy prokuraturaning kiber-tergov bo’limi: (kodsiz) 1301 (http://www.spo.go.kr)
  • -Politsiya kiber-xavfsizlik bo’limi: (kodsiz) 182 (http://cyberbureau.police.go.kr)

12-modda (Shaxsiy ma'lumotni boshqarish rejasini o’zgartirish)

  • Ushbu “Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish rejasi” amalga oshirilgan kundan boshlab qo’llanilib, qonun hamda rejalarga ko’ra ularning mazmuni o’zgarishi, o’chirilishi hamda to’g’irlanishi mumkin. Bunday holda iloji borija o’zgartirishlar kirishidan 7kun oldin e’lon orqali, sizga ma’lum qilamiz.
    • Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish rejasinng versiya raqami:
    • Qabul qilingan sana 2018 (yil) 6 (oy) 25 (sana)

Shahsiz ma'lumotni boshqarish rejasining versiya raqami